Sanjar
O‘chirilgan chatni ochmaymiz,
Yozishmasmiz balki endi hech .
Tushunmoqdan sira qochmaymiz..!
Lek yozmoqqa bo‘lmadimi ,kech!?
Balki , odatingiz mavzuni yopmoq?
Balki ko‘zlaringiz ko‘rmasdan ketgan.
Aslini olganda g’ururim guvoh,
Bu fikr ko’nglizda avvalroq bitgan.
Biz hayron bo'lmadik qolmadik ranjib,
Yokida demadik sizni biz yomon.
Va sizga atalgan so'ngi so'zlar shu:
Eng yaqin begona bo’ling sog’ omon…