🌱
Bo'yoqlar ichiga ko'milib qolsang...
Ranglar turfa xilda etsalar maftun.
Qalb to'la gaplaring ayta olmasang,
Chizgan surating ila go'zallashar tun.
Shunchaki surat deb qarama unga,
Dilga jo hislarni etganman bayon.
Ranjisang men chizgan suratlarga boq,
Hammasi hammasi ularda ayon...
Ba'zan hislarimni etmayman oshkor,
Nelardir sukutga chorlaydi meni,
Mo'yqalam tutmasang nogoh qo'limga,
Suratlar ichiga bitmayman seni...
Muhsina.
08.08.2026
@ilmi_nurrr