Sogʻindim, barini sogʻindim, hayot,
Shu mitti koʻnglimni ayamaysanmi,
Aytyapman, va takror aytyapman:
Hayhottt!
Shuncha hayqirsam ham qaramaysanmi?
Sogʻindim.
Toʻkilgan hazonlar izi,
Avvalgi, begʻubor oʻsha oʻzimni.
Qayda qolib ketdi jajji qizaloq,
Nega yoshlab qoʻyding bugun koʻzimni?
Tuproqqa intilgan nigohlar haqqi,
Ketganlar ortidan termulganim - ... rost.
Gʻussalarga sira egmayman boʻyin,
Faqat,
Faqat shu koʻnglimga rahm qil biroz.
Buguncha qolmadi hech qancha kuchim,
Ertaga men yana yashab ketaman,
Koʻzlarimdan oqqan shu soʻnggi yoshni,
Yolgʻiz bugunlarga tashlab ketaman....
✍🏻 Muallif: lu'lu'ayn
Telegram: @luluayn