Yurganmisiz birga oy bilan ?!
Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?Maysalarga shabnam qo‘nganda
Shunday yaxshi, tinch bo‘lar ekan!
Shitir-shitir o‘ynar shabada,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo go‘yo tiniq, sof boda,
Ko‘ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
Yurganmisiz birga oy bilan?!
✍🏻 Usmon Nosir