Oyning ishqin rad etib quyosh,
Haykal kabi turardi qotib.
Oy sog'inchga berolmay bardosh,
Aylanardi o'zin yo'qotib.
Shams taftiga Qurbon bo'lsa oy,
Hamma baxtli bo'lardi shunda.
Ark oldiga kel ochib chiroy,
Oy Quyoshga tutilgan kunda...
✍🏻 Sahob Amonboyev