O'lim...
Halinchak ustida uchar hislarim,
Diydorlar ko'ksini tirnab o'taman.
Bugun lablarimda soxta tabussum,
Barini jimgina ichga yutaman.
Nursiz ko'zlarimda begona qarash,
Oyning yuzidagi dog'ga boqaman...
Qastma-qast o'tadi rangsiz yillarim,
Otashqalb ko'ksimda olov yoqaman.
Og'ir xo'rsiniqlar ezdi yurakni,
Mushtalarim zarbidan sinib ketar baxt.
Qarochiqlarimga botar kechalar,
Shamollar yuzimni silab o'tgan vaqt.
Kitoblarning og'ushida yonayapman,
Qalb yuzini tirnalaydi sokinlagan tun.
Kerak ekan ba'zan ertak tinglab turish,
Chunki ular yaxshilkla topar yakun.
Vaqtning changalidan qochmoqlik istab,
Ko'zlarimning oynasiga chizilmoqda dard.
Ishq bosh olib ketgan o'tli yuraklarining,
Armonlari kiprigida ilingan gard
Shabbodalar misol kulib qarshi olar,
Sal narida meni kutib turgan o'lim...
✍️.Muhsina
26.06.2026
02:00
@ilmi_nurrr