Tanlov Moviyrang ko'ksimni tirnaydi bir dard, Jismim horib qolgan, toliqqan yurak. ''Jimgina kuzatmoq osonmi ayting?'' Bu chirkin dunyoga yana ne kerak...
Isyon alangasi yongan ko'ngilda, Qalbni tirnalayman, chekinmaydi g'am, Tashi gul, ichida tikon saqlagan, Do'stingman deb tursa qilarkan alam.
Sudralib boryapti so'ngsiz o'ylarim, Shu botqoq bag'riga botib boryapman, Haykal yasab turib andularimga, Somonrang hislariniloyga qoryapaman.
Meni chirkin dunyo tortib bormoqda, Qo'rqaman egilib qolsa qadrim gar, Keyin ne bo'ladi, ne kechar ahvol, Zar berib kuzatar bizni da ZARGAR.