***
Shamollarga isyon qilar kipriklarim,
Baxtning guli kurtaklaydi ko'zlarimda.
Qaro tunga parda tortsa mayus yuzim,
Ma'no qolmas aytar biror so'zlarimda.
Umid kuyin bastalaydi barmoqlarim,
Qanday mag'rur yurolasan aytgin yurak.
Mitti qalbda dunyo dardi yashirilgan
Buncha faryod, buncha isyon nedan darak...
Shamollarga isyon qilar kiprikarim,
Baxt manzilin topolmayin dovdiraydi.
Bilsam asl istaklarim bu dunyoda,
Xazon misol bahor gulim qovjiraydi.
Umid kuyin bastalaydi barmoqlarim...
✍️Muhsina.
21.06.2026
@ilmi_nurrr