***
Keng ko‘rsatdi ko‘zingni ko'klam,
Ko‘nikmoqqa ko‘nmadi ko‘ngil.
Kishanladi kipriging ko‘ksim,
Kuyga ko‘mdi kuyunchak ko‘ngil.
Ko‘zlaringda ko‘rdim ko‘klamni,
Ko‘nglim kutdi kulging, kelishing.
Kechalarim kezdi ko‘yingda,
Kunlar kutdi ko‘rkam kelishing.
Ko‘hna ko‘nglim kuchga kirganday,
Ko‘ksim kezdi kuygan kechinma.
Kulguchimga ko'milib ketib,
Kuz kirgancha kelgin kechikma...
✍.Muhsina
05.08.2026
20.30