Kel endi...
Ko'zimga berkitib ketding dunyoni,
Nahot yiroq edi ikki qalb yo'li.
Bejizga falakni bezatmaydi oy,
Ishqsiz kimsalarning yetmaydi qo'li.
Kel endi g'amlarga chek qo'ygin erkam,
Diydor onlarini kulib qarshi ol,
Axir yulduzlardan porloq yo'limiz,
Sen faqat meningla bu makonda qol.
Kunlar o'taverar, hijron kuyida,
Sekin tomirimdan sizib kirar baxt.
Kecha kuzduzlarga oshufta bu dil,
Makkor kechalarda bo'lmoqda karaxt.
Sensiz oydin kunlar hayollarimda,
Qaro shomlar kabi botmoqda erkam,
Nechog'lik manzillar yiroq bo'lmasin,
Visol qon yutadi biz ko'rishgan dam...
Kel endi barini unutgin,
Xotirjam,
Sokin.
Yurug' kunlaringga bo'layin hamdam.
Alini Zuhroga uchrashtirgan yo'l,
Bizni ham azizim kutmoqda har dam.
Muhsina.
17.07.2026.
20:20