Kelishib olaylik, yurak sen bilan,
Boshqa berilmaymiz oʻtli hislarga,
Bir bora qilingan xato yetarli,
Ortiq qoʻl urmaymiz bunday ishlarga.
Kelishib olaylik, yurak, sen bilan,
Oʻylaymaysan endi uyqularingda,
Eshiklaring romin taqa-taq yopib,
Ismini yashatma tuygʻularingda.
Kelishib olaylik, yurak, sen bilan,
Qaytib qaramagin qaro koʻzlarga,
Bitta shirin gap-chun ming fido boʻlib,
Sira intilmagin shirin soʻzlarga.
Kelishib olaylik, yurak, sen bilan,
Endi bu mavzuda yozmaymiz she'rlar,
Ketaylik, ketaylik uzoq yerlarga,
Koʻzdan nari boʻlsa, koʻngildan derlar.
Kelishib olaylik, yurak, sen bilan,
Yod-xotirin sevib yashamaymiz hech,
Nahot shuncha ozor yetmasmi senga,
Nahot unutmoqqa boʻlsa endi kech ?...
✍🏻 Muallif: lu'lu'ayn