“Men unga sevishimni aytmadim. U ham mendan hech narsa so‘ramadi. Ikkimiz ham bu tuyg‘uni Allohga topshirdik. Ammo bir kuni…”Ammo bir kuni, duolarimizga singib ketgan sog‘inch, qadarning eng go‘zal sahifasi bo‘lib yozilishini men hali bilmas ham edim.Biz u bilan juda uzoqlardan, masofalar ortidan tanishgan edik. O‘sha paytlarda mening hayotim bir tekis, ammo ruhiyatim qorong‘u, maqsadsiz bir bo‘shliq ichida edi. U hayotimga kirdi-yu, o‘zi bilan o‘zgacha bir yorug‘lik olib keldi. Uning so‘zlaridagi hayo, iffat, dunyoga bo‘lgan o'zgacha qarashi butun vujudimni titratib yuborgandi. Men ilk bor Islomiy ishq nima ekanligini, insonni faqatgina Alloh roziligi uchun, uning qalbidagi iymoni uchun yaxshi ko‘rish qanday ulug‘ ne’mat ekanini uning timsolida angladim. U sababli hayotim o‘zgardi, qalbim sajdani, ruhim xotirjamlikni topdi.Suhbatlarimizda men unga o‘zim jonimdan ortiq sevadigan shahar — Istanbul haqida ko‘p gapirib berardim. Uning azon sadolari yangraydigan moviygumbazli masjidlari, qadimiy tosh ko‘chalari, dengizning sokin nafasi haqida shunday to‘lib-toshib so‘zlar edimki, u ham men sababli Istanbulga g‘oyibona oshiq bo‘lib qoldi. Orzularimiz osmon qadar edi, ammo biz hislarimiz gunohga aylanishidan qo‘rqdik. “Bu Go'zal tuyg‘uni faqat halol yo’l qutqarar
di,” dedik-da, oraga sukunat tushdi. Biz ajrashmadik, shunchaki masofalarni va sukunatni tanladik. Ikkimiz ham bir-birimizni qadarning yagona Sohibiga — Allohga omonat qilib topshirdik. Yillar, oylar o‘tdi. Men uni joynamoz ustida, Tahajjudlardag iduolarim orqali qidira boshladim....U uchun juda juda kop duo qilaverdim.....Va nihoyat, Yillar o'tib, taqdir meni yana Istanbulga olib keldi. Kuz fasli. Bosfor dengizi ustida mayin shamol esar, qalbimda esa hamon o‘sha omonatning sog‘inchi yashardi. Taqdirmi? Tasodifmi? Bilmadim... qadamlarim meni beixtiyor Salt Galata kutubxonasi tomon elta boshladi... o‘zim yaxshi ko‘rgan markaziy kutubxona tomon boshladi. Atrof sokin, faqat varaqlarning shitirlashigina quloqqa chalinardi.Javonlar oralab yurar ekanman, birdan qadamlarim taqqa to‘xtadi. Nafasim ichimga tushib ketgandek bo‘ldi. Qator taxlangan kitoblar oldida, qo‘llarida bir dasta sariq gullarni bag‘riga bosgancha u turardi. Ha, butun hayotimni yoritgan, meni butunlay boshqa insonga aylantirgan o‘sha inson. U Fotih Dumanning "Devona" kitobini varaqlab turardi.. Uning bu ikkimiz yaxshi ko'rgan kitobimizdagi, sokin satrlar orasida sariq gullarni ushlab turgan qiyofasi shunchalar mahzun ediki, xuddi uzoq kutilgan hijronning tirik timsoliga o‘xshardi.Men sekin unga yaqinlashdim. U qadamimni eshitib ortiga o‘girildi. Nigohlarimiz to‘qnashgan o‘sha lahzada, Bir birimizni ko'rib ya'ni taqdir bizni yana uchrashtirgani qalbimizda nimadur erib ketganidan,ikkimizning ham ko‘zlarimizga ixtiyorsiz yosh quyilib keldi. Bu yoshlar yillab ichimizda saqlagan dardimiz, hech kimga aytolmagan sevgimizning,hislarimizning ajib so'zlari edi... Biz hech narsa deya olmadik...Hech qanday so'z topa olmadik...Ammo ko'zlarimiz so'zlay boshladi...Ko'zlarimiz bir birimizni qancha kutganimizni so'zlay boshladi...Barcha hislarimizni ayta oldi...Ko'zlarimiz so'zlaganda so'zlarimizga ne hojat edi...Ammo men keyin unga yillar davomida ayta olmagan so'zlarimni aytdim,chunki yana uni yo'qotishni istamas edim...Yillar o'tdi shu voqeadan keyin,Va shundan keyin biz baxtlimiz...
O‘sha yerda, qadimiy Istanbulning Salt Galata kutubxonasida men bir haqiqatni butun vujudim bilan his qildim: Alloh uchun kechilgan, Allohga topshirilgan har qanday omonat, albatta, eng go‘zal vaqtda, eng halol tarzda qaytarilar ekan. Uning qo‘lidagi sariq gullar endi hijron emas, sabrning go‘zal mukofoti bo‘lib ifor taratardi.O'qib chiqishga arziydi deb bilaman...Bu hikoyani davom ettiraman albatta bir kun...
Hikoya nomi "Istanbul hikoyasi yoxud Alloh birlashtirgan qalblar".Hikoyani shunday nomladim..