Kengliklarga sig'maydigan yuragim bor,
Ishq nafasi urib turgan otashman men.
Muhabbatga to'la Kumush nigohida,
Olam olam ma'noli bir qarashman men.
Marg'ilonda kezar oshiq hayollarim,
Taqdirim shu ketolmayman bechoraman.
O'tda yongan, ado bo'lgan Otabek - u,
Uni tashlab ketolmayaman nachoraman.
Marg'ilonning ko'chalari sukut saqlar
Fanzandini xarob qildi O'zbekoyim
Zaynab nola qilib o'tkazgan tunda
O'tgan kunlar hasratlari yashar doim.
Qodiriyga osonmidi, buni yozmoq,
O'tgan kunlar o'tgan kundir o'tdi deysiz,
Ammo unda yashar hali minglab yurak,
U dardlarni qanday qilib unut deysiz?
✍️Muhsina.
25.06.2026.
@ilmi_nurrr